111

UzAirPlus dasturida ishtirok etish qoidalari va shartlari.

UzAirPlus dasturida ishtirok etish qoidalari va shartlari.

Umumiy qoidalar.

“UzAirPlus” dasturi — “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining  tez-tez uchadigan yo‘lovchilarini rag‘batlantirish dasturi.

Mazkur qoidalar “UzAirPlus” dasturining barcha ishtirokchilariga istisnosiz joriy etiladi. Ishtirokchining Dasturga kirishi va kelgusida qatnashishi ushbu Qoidalarning barcha talablariga roziligini tasdiqlaydi.

Mazkur qoidalar Dasturga tegishli bo‘lgan avvalgi barcha qoidalarning o‘rnini bosadi.

Ishtirokchilarning Dasturda qatnashishga tegishli shaxsiy ma’lumotlari Dastur ishlashi va Dasturda qatnashish bilan bog‘liq axborot materiallarining pochta orqali bevosita Ishtirokchining o‘ziga va hamkor kompaniyalarga tarqatilishini amalga oshirish maqsadida saqlanadi, ma’lumotlar ustida ishlanadi va ulardan foydalaniladi.

“UzAirPlus” dasturiga ro‘yxatga olish va qatnashish bepul.

Ishtirokchining shaxsiy va oilaviy hisobi kabi ularga hisoblangan ballarni ham boshqa shaxslarga berish, sovg‘a yoki vasiyat qilish mumkin emas.

Mazkur qoidalar aviakompaniya tomonidan avvaldan ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin. Bunda, dasturga shunday o‘zgartishlar kiritilgunga qadar kirgan va mukofotlar olish uchun yetarli miqdordagi ballarga ega bo‘lgan “UzAirPlus” dasturining yo‘lovchi-ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatsh yangi qoidalarga muvofiq ular e’lon qilingan kundan boshlab amalga oshiriladi.

Aviakompaniya xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, pasaytirish, xizmat ko‘rsatish darajasida, yig‘ilgan mukofot ballaridan foydalanish uchun ruxsat berilgan yo‘nalishlarda bo‘lishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan yig‘ilgan ballar miqdorini, ularni yig‘ish davrini qayta ko‘rib chiqish va istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqini o‘zida qoldiradi.

Tez-tez uchadigan yo‘lovchilarni mukofotlash turlari.

“UzAirPlus” dasturining yo‘lovchi-ishtirokchilarini mukofotlash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

• xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirish;

• mukofot aviachiptasini berish;

• bagajni bepul tashish me’yorlarini oshirish koʻrinishidagi  qo‘shimcha imtiyozlarni taqdim etish;

• O‘zR aeroportlariga/dan uchib ketish va kelishda /yo‘lovchi tranziti chog‘ida CIP zali orqali xizmat ko‘rsatish sifatidagi  qo‘shimcha imtiyozlarni taqdim etish;

Dastur ishtirokchilariga taqdim etiladigan xizmatlardan faqat “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK muntazam qatnovlarining parvozlarida foydalanish mumkin.

 Shaxsiy dasturda ishtirok etish shartlari.

 “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining qatnovlarida muntazam parvozlarni amalga oshiruvchi 16 yoshdan kichik bo‘lmagan har qanday jismoniy shaxs Dasturning individual ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Har bir Ishtirokchi uchun bitta Shaxsiy hisob ochiladi. Bitta hisobdagi ballar boshqa hisobdagi ballarga qoʻshilishi mumkin emas.

Dastur ishtirokchisining individual statusini belgilash tartibi.

Vaqtincha karta hisobida 5000 va undan ortiq ball yig‘ilganda, Dastur ishtirokchisi “PREMIUM” darajali karta ochadi.

“UzAirPlus” dasturida shaxsan ishtirok etish uchun 3 ta darajadagi plastik kartalar nazarda tutilgan:

• “PREMIUM” – 1-daraja (karta raqami 333dan boshlanadi)

• “SILVER” – 2-daraja (karta raqami 777dan boshlanadi)

• “GOLD” – 3-daraja (karta raqami 999dan boshlanadi)

“Faol ballar” va “status ballari” nima?

“UzAirPlus” dasturida “faol ballar” va “status ballari” tushunchasi qo‘llanadi.

Ballarning faol miqdori – bu “UzAirPlus” dasturi ishtirokchisi mukofot aviachiptasini olishi va xizmat ko‘rsatish klassining mukofot tariqasida oshirilishi uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan haqiqiy ballar miqdori.

Status ballari – bu Ishtirokchi tomonidan dasturda ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab yig‘ilgan ballarning umumiy miqdori. Turli darajalar hisobida bo‘lgan status ballari qo‘shimcha imtiyozlarni taqdim etish yo‘li bilan (4-jadval) dastur ishtirokchisiga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va Dasturning elita ishtirokchisi statusiga ega bo‘lish uchun ishlatiladi.

Daraja o‘zgarishi “UzAirPlus” dasturidagi mukofotlarni olish uchun ishlatiladigan umumiy ballar miqdoriga ta’sir etmaydi.

Sovrinli ballarni hisoblash shartlari.

Ballar aviakompaniyaning e’lon qilingan tariflariga muvofiq parvozlarning puli to‘langan uchastkalari va Ishtirokchining aviakompaniyaning muntazam qatnovlarida haqiqatan amalga oshirgan parvozlari uchun hisoblanadi.

“UzAirPlus” dasturining ishtirokchilari parvozlar uchun ballarni aviachiptada ko‘rsatilgan yo‘nalish hududlari bo‘yicha oladi. Ballar aviachiptaning har bir parvoz kuponiga tegishli har bir parvoz segmenti uchun faqat MAK qatnovlarida tashishlarni bajarish chog‘ida quyidagi aviachiptalar bo‘yicha hisoblanadi:

• 250 kodi mavjud bo‘lgan blankalarda rasmiylashtirilgan;

• Rossiya Transport Kliring palatasining (TKP) neytral blankalarida rasmiylashtirilgan;

• tashuvchining 250 kodi bo‘lgan BSP neytral blankalarida rasmiylashtirilgan;

• kod-sher kelishuvlari bo‘yicha hamkor-aviakompaniyalar qatnovlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga tegishli joylar blokida tashish uchun rasmiylashtirilgan;

• kod-sher kelishuvlari, interlayn kelishuvlar va o‘zga aviakompaniyalarga tegishli blankalarda MAK muntazam qatnovlarida tashish shartnomasini tuzish imkonini beruvchi, tashish hujjatlarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida MAKning boshqa turdagi kelishuvlari bo‘yicha o‘zga hamkor-aviakompaniyalar blankalarida MAK qatnovlarida tashish uchun rasmiylashtirilgan.

“UzAirPlus” dasturida xizmat ko‘rsatish klassini bepul oshirishdan foydalanilgan parvoz uchun ballar yo‘nalishining to‘lov amalga oshirilgan uchastkalari uchungina va to‘lov amalga oshirilgan xizmat ko‘rsatish klassiga muvofiq hisoblanadi.

Chipta quyidagicha rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ballar hisoblanmaydi:

• Charter qatnoviga;

• Bepul aviachiptalar bo‘yicha;

• Har qanday chegirma yoki imtiyoz qo‘llanilgan chiptalar bo‘yicha, DC chegirmasidan tashqari.

Ballar, shuningdek, foydalanilmagan chiptalar va yaroqlilik muddati o‘tib ketgan foydalanilmagan chiptalar uchun hisoblanmaydi. Ballar hisoblanmaydigan tariflar ro‘yxati o‘zgarishi mumkin.

Har bir Ishtirokchi pasport ma’lumotlari, manzili, telefon raqami va boshqa ma’lumotlar o‘zgargani to‘g‘risida “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasini o‘z vaqtida xabardor qilish uchun javobgardir. Ishtirokchi aviachiptalarida ko‘rsatilgan pasport ma’lumotlari va dasturda ro‘yxatga olingan pasport ma’lumotlari mos kelmagan holda aviakompaniya ishtirokchi tomonidan ma’lumotlari o‘zgargan pasportning asl nusxasi taqdim etilgunga qadar ishtirokchi hisobiga sovrinli ballarni hisoblashni rad etish huquqiga ega.

Dastur ishtirokchisining shaxsiy hisobiga sovrinli ballarni hisoblash muddatlari.

Ballarni shaxsiy hisobga tegishli tartibda o‘z vaqtida hisoblash uchun Ishtirokchi “Ishtirokchi kartasi”ni taqdim etishi, yoki aviachiptani bronlashda va to‘lovni amalga oshirishda o‘zining shaxsiy hisobi raqamini aytishi, yoxud MAK on-layn bronlash tizimi saytida aviachipta yoki xizmatlarni bronlash chog‘ida o‘zining shaxsiy hisobi raqamini shaxsan kiritishi lozim.

Shaxsiy hisobga ballarni hisoblash uchun “UzAirPlus” dasturi ishtirokchilari amalga oshirilgan parvozdan so‘ng aviachiptalarining yo‘lovchi kuponlarini (yoki ularning nusxalari) va/yoki posadka talonlarini saqlab qo‘yishi kerak. Elektron aviachipta mavjud bo‘lgan holda uning raqami, sanasi va yoʻnalishini ma’lum qilish lozim.

Ballar yo‘lovchi dasturda ro‘yxatga olingan sanadan so‘ng amalga oshirilgan parvozlar uchun hisoblanadi.

Amalga oshirilgan parvoz uchun qoʻshib boriladigan bonus ballar miqdori parvoz masofasiga, qoʻllaniladigan mukofotlash hududiga bogliq boʻladi va ushbu Qoidalarga muvofiq aniqlanadi.

Bronlash klassi, toʻlangan tarif va qatnashish darajasiga qarab, bonus ballarni qoʻshib borish oʻrnatilgan koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.

 

Ishtirokchi “UzAirPlus” dasturida ro‘yxatga olingan sanagacha 90 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida bajarilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning bitta muntazam qatnovi uchun ballarni hisoblash imkoniyati Dasturda nazarda tutilgan. Ushbu parvoz hisobga olinishi uchun ishtirokchi a’zolik anketasini to‘ldirish chog‘ida shunday parvoz bajarilgani fakti to‘g‘risida ma’lum qilishi va yo‘nalishning har bir uchastkasi uchun yo‘lovchi kuponi yoki posadka talonining asli yoki nusxasini taqdim etishi lozim.

Ishtirokchining bronlash yoki aviachipta uchun pul to‘lash chog‘ida noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki kiritilgan shaxsiy hisob raqami qatnovga ro‘yxatga olish vaqtida tuzatilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas. Nomuvofiqliklarni tekshirish va bartaraf etish uchun yo‘lovchi Tez-tez uchadigan yo‘lovchilar xizmatiga murojaat etishi mumkin.

Yo‘lovchi kuponlari va/yoki posadka talonlari yoxud elektron aviachipta yo‘nalish kvitansiyasi nusxalari bo‘lmagan taqdirda, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK dastur ishtirokchisining hisobiga sovrinli ballarni hisoblashga kafolat bermaydi. Yo‘lovchi kuponlari, posadka talonlari yoxud elektron aviachipta yo‘nalish kvitansiyasi taqdim etilmaganda — ishtirokchilar e’tirozlari qabul qilinmaydi.

Hisobga olinmagan parvozlar uchun ballarni tiklash.

Hisobga olinmagan parvoz aniqlangan taqdirda dastur ishtirokchisi tegishli parvoz hujjatlarining (chipta va posadka talonlari) asli yoki nusxalarini ushbu qatnov bajarilgan vaqtdan 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida, ammo Dasturda ishtirok etishi (ro‘yxatga olinishi) boshlangan sanagacha 90 kundan avval bo‘lmagan muddat ichida.

Tegishli tekshirishdan keyin, ishtirokchi tomonidan parvozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tiklanishi haqidagi ariza berilganidan so‘ng ma’lumot bir oydan kech bo‘lmagan muddat ichida tiklanadi.

Shaxsiy hisob holati to‘g‘risida ma’lumot.

Shaxsiy hisob holati to‘g‘risidagi ma’lumotni real vaqt rejimida Ishtirokchining shaxsiy kabinetida Aviakompaniya Saytida olish mumkin. Shaxsiy kabinetga kirish uchun “UzAirPlus” Ishtirokchisi kartasining (Ishtirokchining shaxsiy hisobi) raqamini va PIN kodni kiritish lozim.

Bartaraf etilishi Aviakompaniyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan texnik nosozliklar tufayli Ishtirokchining Saytga kirish imkoniyati bo‘lmaganda, hisob holati to‘g‘risidagi ma’lumotni bilish imkoniyati yoqligi uchun Aviakompaniya javobgar bo‘lmaydi.

Mukofot aviachiptalarini bronlash.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qatnovlaridagi quyidagi xizmat koʻrsatish klasslariga  mukofot aviachiptalari  bron qilinadi:

“P”  – Birinchi klass,

“Z” – Biznes klass,

“X” – iqtisod klassi.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qatnovlarida sovrinli  klasslardagi joylar soni cheklangan.

Aviakompaniya mukofot bronlash klassida joy yo‘q bo‘lgan taqdirda Dastur Ishtirokchisi ballaridan foydalanib mukofot tashuvini aniq sana va qatnovga bronlashni rad etish huquqini o‘zida qoldiradi.

Mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish.

Mukofot olish huquqini beruvchi ballar  yig‘ilganda  dastur ishtirokchisi mukofot aviachiptasini olishi yoki unga xizmat ko‘rsatish klassi mukofot tariqasida oshirilishi mumkin.

Mukofot aviachiptasini olishni yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirishni rasmiylashtirish “UzAirPlus” xizmati ofisi ishtirokchi hisobidagi faol (haqiqiy) ballarning zarur miqdori mavjudligini tasdiqlagandan so‘ng mumkin bo‘ladi.

Mukofot aviachiptasini yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirilishini rasmiylashtirish MAK Vakolatxonalarining sotish ofislarida va O‘zR hududida MAKning o‘z ofislarida amalga oshiriladi.

Mukofot aviachiptasini yoki xizmat ko‘rsatish klassini mukofot tariqasida oshirilishini rasmiylashtirish chog‘ida ko‘rsatilgan mukofotga tegishli faol ballar miqdori ishtirokchining shaxsiy hisobidan yechiladi. Hisobdan ballar yechilishi dasturning elita ishtirokchisi mavqeining saqlanishiga ta’sir etmaydi.

Sovrin sifatida xizmat koʻrsatish klassini oshirish dastlab “B” klassi darajasidan past boʻlmagan tarif boʻyicha  haq toʻlangan aviachiptalar boʻyicha  rasmilashtiriladi.

Davlat yig‘imlari to‘lovi.

Mukofot chiptasini rasmiylashtirish chog‘ida, barcha belgilangan davlat, aeroport va boshqa yig‘imlar to‘lovi “UzAirPlus” dasturining yo‘lovchi-ishtirokchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Dastur Ishtirokchisi e’lon qilingan davlat, aeroport va boshqa yig‘imlar to‘lovi uchun javobgardir.

Mukofot aviachiptasining amal qilish muddati.

Mukofot aviachiptasi parvozni amalga oshirish uchun olti oy davomida haqiqiy hisoblanadi.

Xizmat ko‘rsatish klassi mukofot tariqasida oshirilgan aviachiptaning amal qilish muddati xizmat ko‘rsatish klassi oshirilgan  tarifning amal qilish muddati bilan belgilanadi.

Mukofot aviachiptasi yoʻnalishining o‘zgarishi.

MAK muntazam qatnovlarida mukofot aviachiptasining tashish yoʻnalishini o‘zgartirishga aviachipta qayta rasmiylashtirilishi sharti bilan ruxsat beriladi. Bunda aviachipta qayta rasmiylashtirilishi uchun e’lon qilingan barcha yig‘imlar va boshqa zarur yig‘imlar undiriladi hamda, zarur bo‘lganda, Ishtirokchi hisobidan chiqarish yo‘li bilan yo‘nalishlar o‘rtasidagi ballar tafovuti to‘ldiriladi.

Aviakompaniyaning muntazam qatnovlari “UzAirPlus” dasturi uchun maxsus mukofot zonalariga birlashtirilgan. Mukofot aviachiptasining yo‘nalishning bir mukofot zonasi doirasida o‘zgartirilishi aviachiptani qayta rasmiylashtirish va Ishtirokchining shaxsiy hisobida tegishli o‘zgartishlarni (aviachipta yo‘nalishi va raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zgartirilishi qismida) amalga oshirish yo‘li bilan bajariladi, bunda ishtirokchi tomonidan tegishli yig‘imlar to‘lanadi. Ishtirokchi mukofot aviachiptasining yo‘nalishini mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish uchun ko‘proq miqdorda ballarni talab etuvchi zonada joylashgan boshqa yo‘nalishga ixtiyoriy ravishda o‘zgartirishi ishtirokchining shaxsiy hisobida zarur miqdorda ballar mavjud bo‘gan holdagina amalga oshiriladi, bunda ishtirokchi hisobidan ballarning zarur miqdori olinadi, ballar o‘rtasidagi tafovut to‘ldiriladi hamda yo‘nalishni o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan barcha yig‘imlar to‘lovi amalga oshiriladi.

Ishtirokchi tomonidan mukofot aviachiptasining yo‘nalishi mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish uchun kamroq miqdorda ballarni talab etuvchi zonada joylashgan boshqa yo‘nalishga ixtiyoriy ravishda o‘zgartirilishi, ishtirokchining shaxsiy hisobiga kiritilgan o‘zgartishlar asosida, yo‘nalish o‘zgartirilib va ishtirokchi tomonidan zarur yig‘imlar to‘lanib, aviachiptani yangisiga qayta rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda dastlabki aviachiptani rasmiylashtirish uchun sarflangan ballar tafovuti qaytarilmaydi.

Mukofot aviachiptasida har qanday o‘zgartishni amalga oshirish aviachiptaning parvoz uchun amal qilishi muddati doirasidagina mumkin bo‘ladi.

Uchish sanasi majburiy oʻzgartirilganda, shuningdek yoʻlovchi kasalligi tufayli va bu tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlanganda, qayta bronlash uchun yigʻimlar undirilmaydi.

Mukofot aviachiptasini bekor qilish.

Sovrinli aviachipta yoki xizmat ko‘rsatish klassi mukofot tariqasida oshirilgan aviachipta bekor qilingan hollarda, yechilgan ballar qaytarilmaydi. Barcha foydalanilmagan belgilangan davlat, aeroport yig‘imlari va boshqa yig‘imlar yo‘lovchiga belgilangan tartibda qaytariladi.

Mukofot aviachiptasi uchun yechib olingan sovrinli ballar qaytarilmaydi. Tashuvchi harakatlari bilan bog‘liq fors-major vaziyatlari bo‘yicha mukofot aviachiptasini qaytarish holatlari bundan mustasno. Bunday holatlarda va yo‘lovchi tanlovi bo‘yicha quyidagilar amalga oshiriladi:

• ko‘rsatilgan holatlar uchun aviakompaniyaning nazarda tutilgan amaldagi qoidalariga muvofiq yo‘lovchi aviachiptasini qayta bronlash va amal qilish muddatini uzaytirish, bunda yo‘lovchidan qayta bronlash uchun yig‘im va jarimalar undirilmaydi, yoki;

• bir mukofot zonasi doirasida yo‘nalishni o‘zgartirish yo‘li bilan mukofot aviachiptasini qayta rasmiylashtirish, bunda yo‘lovchidan aviachiptani qayta rasmiylashtirish uchun yig‘im va jarimalar undirilmaydi, yoki;

• mukofot aviachiptasini bekor qilish va yo‘lovchiga davlat, aeroport yig‘imlari va boshqa yig‘imlar sifatida to‘langan summalarni qaytarish, bunda yo‘lovchi hisobidagi mukofot aviachiptasini rasmiylashtirish uchun ishlatilgan faol ballar tiklangan holda har qanday jarima yig‘imlari ushlab qolinmaydi. Bunday tiklangan ballarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.

“UzAirPlus” dasturi ishtirokchisi kartasining yo‘qolishi.

Yo‘lovchi tomonidan “UzAirPlus” dasturi ishtirokchisining doimiy kartasi yo‘qotilganda, u “UzAirPlus” xizmati yoki MAK vakolatxonasiga ariza bilan murojaat qilishi shart, u yerda unga karta dublikati beriladi. Plastik karta dublikatini rasmiylashtirish chog‘ida kartochka yo‘qolgani uchun jarima sanksiyasi sifatida Dastur ishtirokchisi hisobidan 1500  ball yechiladi.

Hisob holatini kuzatib borish va kartalar darajasining o‘z vaqtida oshirilishini nazorat qilish “UzAirPlus” xizmati va MAK vakolatxonalari tomonidan bevosita yo‘lovchilar murojaat qilganda amalga oshiriladi. MAK vakolatxonasi tomonidan Ishtirokchi hisobi detallarini o‘zgartirish zarurati aniqlanganda, Vakil tegishli o‘zgartishlar kiritish uchun “UzAirPlus” xizmatini xabardor qiladi.

Dastur ishtirokchisi hisob holatini hisoblashga taqdim etilgan ma’lumot uchun shaxsan javobgar va aviakompaniya sayti orqali yig‘ilgan ballarning amal qilish muddatini mustaqil ravishda kuzatib boradi.

To‘liq mukofot aviachiptasi yoki xizmat ko‘rsatish klassining mukofot tariqasida oshirilishi uchun sovrinli ballar hisoblanmaydi.

Xizmat ko‘rsatish klassining mukofot tariqasida oshirilishi yo‘lovchi hoxishiga ko‘ra faol ballarning yetarli miqdori mavjud bo‘lishi sharti bilan to‘lov amalga oshirilgan to‘liq yo‘nalish uchun, shuningdek, parvozning alohida uchastkalari uchun ham mumkin. Xizmat ko‘rsatish klassining mukofot tariqasida oshirilishini rasmiylashtirish yangi aviachiptani rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Shaxsiy hisob va yig‘ilgan sovrinli ballarning amal qilish muddati.

Agar ishtirokchi  haqiqatan amalga oshirgan va bu  hisobga olingan so‘nggi parvozi sanasidan keyin 18 oy davomida parvozlarni amalga oshirmasa, uning hisobi bekor qilinadi.

Yig‘ilgan sovrinli ballar ular hisoblangan parvoz bajarilgan vaqtdan boshlab 36 oy davomida haqiqiy hisoblanadi. Agar Dastur ishtirokchisi sovrinli ballarni ularning amal qilish muddati davomida ishlatmagan bo‘lsa, 36 oy avval bajarilgan parvozlar uchun berilgan ballar bekor qilinadi.

Bekor qilingan hisob va uning ma’lumotlari tiklanmaydi.

111

Как найти потерянный багаж?

Как найти потерянный багаж?

Если по прилёту в аэропорту в зоне выдачи Вы не обнаружили свой багаж, Вам необходимо обратиться к стойке с надписью “Lost&Found” и оформить акт о неприбытии багажа (Property Irregularity Report). В заявлении нужно будет указать паспортные данные, данные с багажной бирки и описать чемодан. На основе заявления будет организован розыск багажа. Розыск включает в себя отправку запросов в аэропорт отправления и другие аэропорты, где мог по ошибке оказаться багаж, а также запроса о досылке багажа, если его удастся найти.

Найти потерянный багаж подскажут данные международной системы World Tracer. Искать багаж будут по номерам бирок и среди багажа, невостребованного в других аэропортах (по ошибке засланного). Если так его найти не удастся, то будут искать по внешнему описанию.

По статистике, 90% пассажиров, которые потеряли свой багаж, находят его всего за два дня.

Если в течение 21 дня багаж не нашли, необходимо подать авиаперевозчику официальную претензию на возмещение причиненного ущерба.

____________________________________________________________________

Что делать, чтобы получить компенсацию?

Если по истечении 21 дня Ваш багаж всё же не был найден, то он приобретает статус утерянного. Теперь вы можете требовать возмещения ущерба за потерянный багаж. Для этого необходимо направить претензию авиаперевозчику или представителю авиаперевозчика за рубежом.

Документы, которые необходимо приложить к претензии:

• Копию паспорта.

• Посадочный талон на самолет.

• Акт о неисправностях при перевозке багажа.

• Багажную бирку.

• Перечень содержимого багажа, а также его примерную цену.

Если багаж был не утерян, а задержан или поврежден, то ко всему вышеперечисленному следует добавить:

• При задержке багажа: чеки, подтверждающие приобретение предметов первой необходимости – туалетные принадлежности, белье и т.д.

• При повреждении багажа: чек за ремонт или подтверждение того, что багаж не подлежит ремонту.

Кроме того, чтобы претензию приняли к рассмотрению, необходимо соблюсти установленные сроки подачи претензии:

• До 7 дней, если багаж утерян или поврежден.

• До 21 дня, если багаж задержан.

____________________________________________________________________

Какая компенсация положена за потерянный багаж?

Компенсации пассажирам за утрату багажа на внутренних рейсах предусмотрены Воздушным кодексом РУз, а на международных — международными соглашениями.

Международным законодательством предусмотрена компенсация в размере 17 единиц специальных прав заимствования (чуть больше 20 долларов) за 1 кг веса. Вес, как правило, указан на багажной бирке. За этот вес пассажир и может получить компенсацию.

Если же в багаже провозятся особо ценные вещи (электронная теле-, видео- и радиоаппаратура), стоит подумать о перевозке багажа с объявленной ценностью. За такую перевозку берется дополнительная плата – 10% от суммы объявленной ценности. Но в случае потери багажа, пассажиру возместят всю объявленную ценность.

111

Йўқолган багажни қандай топиш мумкин?

Йўқолган багажни қандай топиш мумкин?

Аэропортга учиб келиб багаж олинадиган зонада Сиз ўз багажингизни топа олмасангиз, Сиз “Lost&Found” ёзувли пештахта олдига бориб мурожаат қилишингиз лозим ва багаж етиб келмагани тўғрисида далолатнома тузишингиз керак (Property Irregularity Report).  Аризада паспорт маълумотларини, багаж биркасидаги маълумотларни кўрсатишингиз ва чамадонингизни тасвирлаб беришингиз керак. Аризага асосан багажни қидириш ташкил қилинади. Қидириш ишлари -жўнаб кетилган аэропротга ва адашиб тушиб қолиши мумкин бўлган бошқа аэропортларга сўровномалар юбориш, ҳамда уни топишни иложи бўлса, қайтариб юборишдан иборатдир.

Йўқолган багажни халқаро World Tracer тизими берган маълумотлар айтиб бериши мумкин. Йўқолган багажни бирка рақамига қараб ва бошқа аэропортларда талаб қилиниб олинмаётган багажлар орасидан (адашиб юборилган) қидирилади. Агар шундай қилиб ҳам уни топиб бўлмаса, у вақтда унинг ташқи кўринишига биноан қидирилади.

Агар багаж 21 кун давомида топилмаса, етказилган зарарни қоплаш бўйича авиаташувчи номига расмий даъво аризаси бериш зарур.

Компенсация олиш учун нима қилиш керак?

Агар 21 кун давомидаям Сизнинг багажингиз топилмаса, у йўқолган мақомини олади. Энди сиз йўқолган багажни зарарини қоплашни талаб қилишингиз мумкин. Бунинг учун авиаташувчига ёки унинг чет элдаги вакилига даъво хати юбориш зарур.

Даъво хатига илова қилиниши зарур бўлган ҳужжатлар:

🔹 паспортнинг нусхаси;

🔹 самолётга чиқаётгандаги ўтириш талони;

🔹 багажни ташишда етказилган шикастлар тўғрисадиги далолатнома;

🔹 багаж биркаси;

🔹 багажни ичидаги нарсаларни рўйхати, шунингдек унинг тахминий нархи.

Агар багаж йўқолмаган, балки ушлаб қолинган ёки шикаст етказилган бўлса, юқорида санаб чиқилганларга яна қуйидагиларни қўшиб қўйиш керак:

-багаж ушлаб қолинган бўлса: энг зарур нарсаларни сотиб олинганини тасдиқловчи чеклар – пардоз, ювиниш анжомлари, ич кийим ва ҳ.к.

-багаж шикастланган бўлса: таъмирлаш учун ёки багажни таъмирлаб бўлмаслигини тасдиқловчи чек;

Бундан ташқари, даъво аризасини кўриб чиқишга қабул қилиш учун, даъвони тақдим этиш учун белгиланган муддатга риоя қилиниши зарур;

-7 кунгача, агар багаж йўқолган ёки шикастланган бўлса;

-21 кунгача, агар багаж ушлаб қолинган бўлса.

Йўқолган багаж учун қандай компенсация берилади?

Ички рейсларда багажи йўқолгани учун Ўзбекистон Республикаси Ҳаво кодексига кўра, халқаро рейсларда эса – халқаро келишувларга биноан йўловчиларга багаж йўқолгани учун компенсация тўлаш назарда тутилган.

Халқаро қонунчиликка мувофиқ 1 кг вазн учун 17 махсус ўзлаштирма ҳуқуқи (20 доллардан озгина кўпроқ) компенсация назарда тутилган. Багажни вазни қоидага мувофиқ унинг биркасида белгиланган. Ушбу вазн учун йўловчи компенсация олиши мумкин.

Агар багажда жуда қимматбаҳо буюмлар бўлса (эллектрон теле-, видео ва радиоаппаратура), расмий маълум қилинган қимматбаҳо буюмларни ташиш ҳақида ўйлаб кўриш лозим. Бундай расмий маълум қилинган қимматбаҳо буюмларни олиб кетаётганда — расмий маълум қилинган қимматбаҳо буюмлар қийматидан чиқариб 10% қўшимча тўлов тўланади. Аммо багаж йўқолган тақдирда, йўловчига расмий маълум қилинган қимматбаҳо буюмлар тўла қийматини тўлаб берилади.

111

Третье воскресенье августа- День Воздушного флота Республики Узбекистан

Третье воскресенье августа- День Воздушного флота Республики Узбекистан

Гражданская авиация Узбекистана: в зеркале новой истории

Национальная авиакомпания «Узбекистон хаво йуллари» создана 28 января в 1992 году. За эти годы она прошла доблестный путь и сегодня занимает достойное место на международном авиарынке. Наше государство уже тогда сформулировало задачи, которые уже более 27 лет успешно реализуются авиаторами страны и направлены на модернизацию и развитие гражданской авиации. Главными приоритетами авиакомпании были объявлены безопасность, стабильность и комфорт.

За годы деятельности национальному авиаперевозчику удалось расширить сферу применения гражданской авиации и выполнить полеты на все континенты земного шара. Сегодня лайнеры авиакомпании летают более чем по 60 маршрутам в страны Европы, Азии, Америки, выполняют чартерные рейсы от Аляски до Новой Зеландии. За последние три месяца прошлого года освоены регулярные рейсы по трем новым направлениям — в Мумбаи, Владивосток, Джидду, в этом году начаты регулярные полеты в Джакарту и Тбилиси, также прорабатывается вопрос открытия рейсов в Мюнхен.

Значительно увеличена частота международных полетов. Например, количество рейсов на одном из самых востребованных маршрутов Ташкент — Москва возросло до 27 в неделю, а в сумме с полетами в столицу России из Самарканда, Бухары, Ургенча, Термеза, Намангана и Ферганы достигает 49. По одному из самых популярных направлений — в Стамбул — в неделю выполняется четырнадцать рейсов из столицы и три из Самарканда. Также увеличена частота рейсов из Ташкента в Сеул, Нью-Йорк, Стамбул, Дубай, Дели, Бангкок, Нур-Султан, Алматы, Душанбе, Бишкек, Минск, Санкт-Петербург, Ростов-на-Дону и Новосибирск.

Третье воскресенье августа- День Воздушного флота Республики Узбекистан

Для поддержки грузоперевозчиков и создания дополнительных условий субъектам предпринимательства авиакомпания активно участвовала в разработке проекта документа «О внедрении Национального портала логистики». Портал «logistika.uz» представляет для всех транспортных компаний и предпринимателей единую информационную базу данных о наличии грузов и возможностей по их перевозке, позволяет грузовладельцам легко найти и выбрать свободный или попутный транспорт на альтернативной основе, а также быстро решить вопросы перевозки скоропортящихся грузов (если это продовольственные товары или плодоовощная продукция).

НАК имеет пассажирские электронные интерлайн-соглашения с 40 авиакомпаниями по всему миру. Благодаря им маршрутная сеть авиаперевозчика значительно расширяется и пассажирам предоставляется большой перечень направлений для путешествий с учетом стыковочных рейсов партнеров.

Авиакомпания внедрила ряд инновационных решений. Предоставляется новая интерактивная услуга «выбор места», которая позволяет предварительно забронировать наиболее удобное для пассажира место на борту самолета (это может быть любимое многими кресло у окна, в передней части салона или ближе к проходу). Также внедрено официальное мобильное приложение для бронирования и приобретения авиабилетов «Uzbekistan Airways». Запущено в действие специальное программное обеспечение для автоматизации и оптимизации деятельности call-центра Управления продаж перевозок авиакомпании. Кроме того, если ранее для онлайн-оплаты услуг авиаперевозчика использовались только банковские карты «Visa» и «UzСard», то теперь список пополнился «MasterСard», что сделало систему продажи более доступной как для граждан Узбекистана, так и для других стран. Также в феврале текущего года введена в обращение новая кобрендовая банковская карта «NAK-NBU», позволяющая бесплатно совершать полеты рейсами авиакомпании за счет накопления баллов при совершении оплаты товаров и услуг.

Третье воскресенье августа- День Воздушного флота Республики Узбекистан

В 2018-м году авиакомпания выполнила более 21 тысячи рейсов, перевезла свыше трех миллионов человек. Юбилейный трёхмиллионный пассажир зарегистрирован 17 декабря 2018г. Выполнение полётов по всему миру невозможно без изучения и принятия международного опыта, интеграции в мировую авиатранспортную систему. Логичным шагом в этом направлении стало включение НАК в 2008 году в официальный реестр операторов IOSA. В дополнение к этому авиакомпания ведёт активную работу по участию в отдельных программах IATA, ICAO.

Список достижений и наград авиакомпании пополняется с каждым годом. Национальный авиаперевозчик признан самой пунктуальной авиакомпанией в международных аэропортах «Домодедово», «Сочи», «Краснодар», «Казань», «Кольцово» и наиболее динамично развивающимся авиаперевозчиком стран СНГ в аэропортах «Пулково» и «Внуково». Авиакомпания награждена Евразийской премией в области авиационного маркетинга на форуме «NETWORK 2018» в Казани и Почетной грамотой аэропорта «Емельяново» за вклад в развитие международных пассажирских авиаперевозок аэропорта г. Красноярска в 2018 году.  Неоднократно участвуя на Международном форуме «SkyService», проводимом с целью развития сервиса и услуг на бортах гражданских воздушных судов, «Uzbekistan Airways» удостаивалась престижных наград — в 2018 году команда наших бортпроводников стала обладателем кубка «Команда года» в престижном профессиональном конкурсе и одна из сотрудниц признана «Лучшим бортпроводником года», в этом году бортпроводники «Uzbekistan Airways», заняв первое место, одержали победу в номинации «Торговля как искусство сервиса», а бортпроводнику авиакомпании присвоено звание второй вице-мисс в конкурсе SkyLady 2019.

Обучение и непрерывное поддержание квалификации пилотов, бортпроводников, специалистов по наземному обеспечению полётов — один из главных факторов обеспечения безопасности полетов. С помощью современных процедурных тренажеров воздушных судов Boeing 757/767, Airbus А320, которые установлены в Тренажерном комплексе Учебно-тренировочного центра (УТЦ), летный состав НАК обучается в условиях, максимально приближенных к реальным.  В течение года фактические показатели загрузки тренажеров «Airbus А320» и «Boeing 767» выросли в среднем на 30 процентов за счет интенсификации работы с авиакомпаниями Центральной Азии. В сентябре прошлого года был введен в эксплуатацию новый уникальный тренажёр «V9000 Commander» для отработки навыков пожаротушения и действий при задымлении внутри салона самолета, изготовленный в Нидерландах. Такое оснащение Учебно-тренировочного центра позволяет формировать высокопрофессиональные кадры, отвечающие высоким требованиям авиакомпании.  В настоящее время УТЦ приступает к первоначальной подготовке пилотов.

Третье воскресенье августа- День Воздушного флота Республики Узбекистан

На протяжении 27 лет поэтапно модернизируется парк воздушных судов национального авиаперевозчика. В интересах безопасности полётов и создания наиболее комфортных условий для наших пассажиров, начиная с 2004 года, все устаревающие самолёты советского производства, такие как Ил-86, Ил-62, Ту-154, Ан-24, Як-40, планомерно заменены на современные «Boeing» и «Airbus». В 2016 году поставлены первые два Boeing787 Dreamliner, в 2018 году получен третий «лайнер мечты». В этом году авиапарк пополнился двумя высокоэкономичными самолетами Airbus A320neo и двумя Дримлайнерами. К 2020 году ожидается поставка шестого Boeing 787 Dreamliner, с его поступлением авиакомпания Узбекистана станет ведущим эксплуатантом таких воздушных судов в СНГ. На сегодняшний день НАК имеет 4 авиалайнера (два Boeing 787 Dreamliner и два Airbus A320neo), оборудованных доступом в интернет посредством Wifi.

Безусловно, самым важным и ключевым событием в истории национального авиаперевозчика стал Указ Президента страны «О мерах по кардинальному совершенствованию гражданской авиации Республики Узбекистан» от 27 ноября 2018 года. Согласно данному документуна базе НАК создаются акционерные общества (АО) «Uzbekistan Airways» и «Uzbekistan Airports, а государственные унитарные предприятия, входящие в состав НАК, преобразовываются в общества с ограниченной ответственностью (ООО).

Несомненно, проводимые реформы принесут значительную пользу в экономическом росте, повышении эффективности деятельности НАК, ее конкурентоспособности и обеспечении высокого уровня безопасности полётов. Одним словом, гражданскую авиацию Узбекистана ожидает новый этап развития.  И коллектив авиакомпании настроен на позитивные изменения в своей деятельности, которые позволят национальному авиаперевозчику укрепить свои позиции на международном авиационном рынке и украсить летопись узбекской гражданской авиации новыми достижениями. Высокий профессионализм и упорный труд специалистов отрасли на протяжении всех этих лет способны обеспечить еще более высокий статус гражданской авиации страны на мировой арене.

111

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi — O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi: yangi tarix ko‘zgusida

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 1992-yil 28-yanvarda tashkil etilgan. Shu yillar mobaynida aviakompaniya sharafli yo‘lni bosib o‘tdi va bugungi kunda xalqaro aviabozorda o‘z o‘rniga egadir. Mamlakatimiz o‘sha vaqtning o‘zidayoq o‘zbek fuqaro aviatsiyasi oldiga aniq vazifalarni belgilab qo‘ydi va mana 27 yildan ziyod vaqt mobaynida sohani modernizatsiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan ushbu vazifalar aviatorlarimiz tomonidan amalga oshirilib kelmoqda.

Milliy aviatashuvchi faoliyati davomida fuqaro aviatsiyasiningqo‘llanish ko‘lami kengaytirildi hamda dunyoning barcha qit’alariga parvozlar amalga oshirilishi boshlandi. Bugun aviakompaniya laynerlari Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlariga 60dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha parvoz qilmoqda hamda Alyaskadan Yangi Zelandiyagacha charter qatnovlarini bajarmoqda. O‘tgan yilning oxirgi uch oyida uchta yangi yo‘nalish — Mumbay, Vladivostok va Jidda shaharlariga, joriy yilda esa, Jakarta va Tbilisiga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Myunxenga parvozlarni amalga oshirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Xalqaro parvozlar soni sezilarli darajada oshdi. Masalan, talab katta bo‘lgan yo‘nalishlardan biri Toshkent-Moskva qatnovi soni haftasiga 27 tagacha oshirildi, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Namangan va Farg‘onadan qatnovlarni hisobga olgan holda Rossiya poytaxtiga umumiy parvozlar soni 49 taga yetdi. Toshkentdan Seul, Nyu-York, Istanbul, Dubay, Dehli, Bangkok, Nur-Sulton, Almati, Dushanbe, Bishkek, Minsk, Sankt-Peterburg, Rostov-Don va Novosibirskka ham parvozlar soni ortdi. Eng ommabop yo‘nalishlardan biri — Istambulga — haftada poytaxtdan o‘n to‘rt va Samarqanddan uchta reys amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha qulaylik yaratish va yuk jo‘natuvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida aviakompaniya “Milliy logistika portalini joriy etish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasini ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. «Logistika.uz» portali barcha transport kompaniyalari va tadbirkorlarga yuklar mavjudligi va ularni tashish imkoniyati haqida yagona ma’lumotlar bazasini taqdim etadi. Ushbu portal yordamida yuk egalari bo‘sh yoki muqobil transportni oson topish va tanlashi hamda tez buziladigan mahsulotlarni (oziq-ovqat yoki meva va sabzavotlar) tashish bilan bog‘liq masalalarni tezkor xal etishlari mumkin.

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

 

Shu bilan birga MAK dunyoning 40ta aviatashuvchisi bilan yo‘lovchi elektron interlayn kelishuvlarini imzolagan. Ushbu kelishuvlar tufayli Milliy aviatashuvchining aviayo‘nalishlar tarmog‘i sezilarli darajada kengaydi, yo‘lovchilarga hamkorlarning tutashuv qatnovlarini hisobga olgan holda sayohat uchun yo‘nalishlarni tanlash borasida keng imkoniyatlar ochildi.

Aviakompaniya bir qator innovatsion yechimlarni joriy etdi. Samolyot sahnida yo‘lovchilar uchun eng qulay joyni deraza yonidagi, sahnning oldi qismi yoki o‘tish joyiga yaqin o‘rindiqni oldindan bron qilish imkoniyatini beradigan yangi «joy tanlash» interfaol xizmati taklif etilmoqda. «Uzbekistan Airways» aviabiletlarini bron qilish va sotib olish uchun rasmiy mobil ilova ham joriy etdi. Shuningdek, aviakompaniyaning Tashuvlarni sotish boshqarmasi call-center faoliyatini avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun maxsus dasturiy ta’minot ishga tushirildi. Bundan tashqari, ilgari xizmatlar uchun onlayn to‘lovlar faqat «Viza» va «UzCard» bank kartalari yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, endi ular qatoriga “MasterCard” qo‘shildi, bu esa sotuv tizimini nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa mamlakatlar fuqarolari uchun ham qulayroq qildi. Joriy yilning fevral oyida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar evaziga to‘plangan ballar hisobiga aviakompaniya qatnovlarida bepul uchish imkonini beruvchi «NAK-NBU» yangi kobrend bank kartasi muomalaga kiritildi.

2018-yilda aviakompaniya 21 mingdan ortiq qatnovni amalga oshirib,yo‘lovchi tashuvida uch millionlik marrani bosib o‘tdi. Uch millioninchi yo‘lovchi 2018-yil 17-dekabr kuni ro‘yxatdan o‘tdi. Xalqaro tajribani o‘rganmasdan va qabul qilmasdan, global havo transport tizimiga qo‘shilmasdan turib, dunyo bo‘ylab parvozlarni amalga oshirish mumkin emas. «Uzbekistan Airways»ning 2008-yilda IOSA operatorlarining rasmiy reyestriga kiritilishi ushbu yo‘nalishda mantiqiy qadam bo‘ldi. Shu bilan birga, aviakompaniya IATA, ICAOning alohida dasturlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

Aviakompaniyaning mukofotlar ro‘yxati kengayib bormoqda. Milliy aviatashuvchi bir necha bor «Domodedovo», «Sochi», «Krasnodar», “Qozon”, “Kolsovo” xalqaro aeroportlari tomonidan eng punktual aviakompaniya hamda “Vnukovo” va “Pulkovo” aeroportlari tomonidan MDH davlatlari orasida “Eng jadal rivojlanayotgan xorijiy aviatashuvchi” deb e’tirof etildi. Aviakompaniya

Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “NETWORK 2018” forumida aviamarketing sohasidagi yutuqlari uchun Yevroosiyo mukofoti, shuningdek, O‘zbekiston aviakompaniyasi 2018-yilda Krasnoyarsk shahri aeroportining xalqaro yo‘lovchilar tashuvini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Yemelyanovo aeroporti”ning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Fuqaro aviatsiyasi havo kemalari sahnida servis va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladigan «Sky Service» Xalqaro Forumida bir necha bor ishtirok etgan «Uzbekistan Airways» qator nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. 2018-yilda aviakompaniyaning bortkuzatuvchilar jamoasi nufuzli tanlovda»Yil jamoasi» kubogiga sazovor bo‘lib, bortbuzatuvchi qizlarimizdan biri esa, «Yilning eng yaxshi bortkuzatuvchisi» deb tan olindi. Joriy yilda «Uzbekistan Airways» bortkuzatuvchilari jamoasi «Savdo — xizmat ko‘rsatish san’ati» nominatsiyasida birinchi o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, aviakompaniyaning bortkuzatuvchisi esa, ilk marotaba o‘tkazilgan SkyLady 2019 tanlovida ikkinchi vitse-miss, deb e’tirof etildi.

Uchuvchilar, bortkuzatuvchilar, parvozlarning yerusti ta’minotimutaxassislarini o‘qitish va ularning malakasini doimiy ravishda oshirish — aviakompaniya faoliyatida parvozlar xavfsizligini ta’minlashning asosiy omillaridan biri bo‘lgan eng muhim yo‘nalishlaridan hisblanadi. Bugungi kunda Boeing 757/767, A320 samolyotlarining zamonaviy aviatsiya trenajyorlariga ega bo‘lgan O‘quv-mashq markazida (O‘MM) aviakompaniya uchuv tarkibi real voqelikka maksimal darajada yaqinlashtirilgan sharoitlarda o‘qitilmoqda. Yil davomida “Airbus A320” va “Boeing 767” trenajyorlarining ishlash ko‘rsatkichlari Markaziy Osiyo aviakompaniyalari bilan hamkorlikning kuchayishi natijasida o‘rtacha 30 foizga oshdi. Shuningdek, o‘tgan yilning sentyabr oyida Gollandiyada ishlab chiqarilgan samolyot sahnidagi yong‘inni o‘chirish ko‘nikmalarini va tutun holatidagi xatti-harakatlarni mashq qilish uchun yangi «V9000 Commander» simulyatori ishga tushirildi. O‘quv-mashq markazining bunday uskunalar bilan jihozlanganligi aviakompaniyaning yuqori talablariga javob beradigan malakali mutaxassislarni shakllantirishiga imkon beradi. Hozirgi kunda O‘MMda uchuvchilarni boshlang‘ich tayyorlovi bo‘yicha ishlar boshlangan.

27 yil davomida milliy aviatashuvchi havo kemalari parki bosqichma bosqich yangilanib bormoqda. Parvozlar xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchilarimizga yanada qulay sharoitlarni yaratish maqsadida 2004 yildan beri barcha sovet davrida ishlab chiqarilgan Il-86, Il-62, Tu-154, An-24, Yak-40 samolyotlar rejali ravishda zamonaviy Boeing 757 va 767, Airbus A320 havo kemalariga almashtirildi. 2016-yilda birinchi ikkita Boeing 787 Dreamliner samolyotlari keltirildi, uchinchi «orzu layneri» esa, 2018-yilda qabul qilindi. Joriy yilda Milliy aviakompaniya floti to‘rtinchi va beshinchi Drimlaynerlar bilan to‘ldirildi. 2020-yilga kelib ushbu turdagi oltinchi samolyotning keltirilishi kutilmoqda, mazkur layner olinishi bilan O‘zbekiston aviakompaniyasi MDHda bunday samolyotlarning yetakchi ekspluatantiga aylanadi. Shuningdek, joriy yilda aviapark ikkita iqtisodiy jihatdan samarador Airbus A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi. Bugungi kunda aviakompaniyada Wifi orqali Internet tarmog‘iga ulanish uskunalari bilan jihozlangan 4 ta samolyot (ikkita Boeing 787 Dreamliner va ikkita Airbus A320neo) mavjud.

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni

Va, albatta, MAK tarixida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni eng asosiy va muhim voqea bo‘ldi. Ushbu hujjatga muvofiq, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi «Uzbekistan Airways» AJ brendi ostida o‘z faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, qayta tashkil etish orqali MAK negizida «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati (AJ) tashkil etilyapti hamda MAK tarkibiga kiruvchi Davlat unitar korxonalari mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga (MChJ) aylantirilyapti.

Shubhasiz, olib borilayotgan islohotlar «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi faoliyati samaradorligi va iqtisodiy o‘sishiga, uning raqobatbardoshligi oshishiga hamda parvozlar xavfsizligi yuqori darajada ta’minlanishiga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasini rivojlanishning yangi bosqichi kutmoqda. Aviakompaniya jamoasi o‘z faoliyatida aviatashuvchini xalqaro aviatsiya bozorida munosib o‘rin egallash va O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasining tarix zarvaraqlarini yangi yutuqlar bilan bezashga imkon beruvchi ijobiy o‘zgarishlarni kutmoqda. Soha mutaxassislarining yuksak mahorati va yillar davomidagi dolzarb mehnati mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasining jahon miqyosida yanada yuqori maqomga erishishini ta’minlashga qodir.

111

Возможно ли объединить багаж?

Возможно ли объединить багаж, если семья/группа следует одним маршрутом? 

Если два или более пассажира, путешествующих совместно, как одна компания, на одном и том же рейсе до одного и того же пункта назначения или стоповера в одном и том же или в разных классах обслуживания являются сами и предъявляют свой багаж в одно и то же время для регистрации, такие пассажиры имеют право на совместный провоз бесплатной нормы багажа, по весу или по количеству мест, равной сумме индивидуальных норм бесплатного провоза багажа каждого из этих пассажиров.

Наличие возможности объединения багажа не означает, что пассажир может объединить свой багаж с любым пассажиром рейса. Такое объединение допускается для небольших компаний пассажиров, действительно путешествующих совместно.

При приеме к перевозке багажа по количеству мест (Piece concept) объединение норм провоза производится только по количеству мест. Суммирование установленных норм по весу и габаритам не разрешается.