Firibgarlikning abjir usullari. Haddan tashqari foydali takliflarga ishonmang

Firibgarlikning abjir usullari. Haddan tashqari foydali takliflarga ishonmang


Новости, Пассажирамinfo • Опубликовано: 31 Окт 2019 г.

Firibgarlikning abjir usullari. Haddan tashqari foydali takliflarga ishonmang

Fuqarolarning ortiqcha ishonuvchanliklari yoki aviachiptalar xarid qilish elementar qoidalaridan bexabarliklari achinarli oqibatlarga sabab bo’lmoqda. Afsuski, ushbu oqibatlardan qochib qutulib bo’lmaydi, ayniqsa vositachi orqali xarid qilingan chipta bilan. So’nggi vaqtlarda xalqaro plastik kartalari orqali aviachiptalar xarid qilishda firibgarlik holatlari ko’p uchramoqda.

Bu vositachilar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etiladi. Yo’lovchiga aviachipta yoki tur-paketni katta chegirma bilan chipta sotib olish taklif qilinadi. Chiptani rasmiylashtirish yoki bron qilish uchun yo’lovchidan shaxsiy ma’lumotlar olingach, aviachipta aviakompaniyaning veb-saytida yoki boshqa saytlarida rasmiylashtiriladi. Shundan so’ng, ma’lum bir onlayn hamyon, tеzkor pul jo’natish tizimi orqali pullarni yuborish, yoki hatto «vositachi» odamga naqd pul berish so’raladi. Natijada chipta o’g’irlangan kartadagi mablag’lar orqali vositachilar tomonidan sotib olinadi. Ushbu yo’l bilan xarid qilingan chipta oxir oqibat baribir bloklanadi, chunki karta egasi o’z bankiga uning kartasidan ruхsatsiz pul yechilganligi haqida ma’lumot beradi.

Afsuski, xalqaro tajribada ham shu tarzdagi opеratsiyalar haqida ma’lumotlar mavjud. Yo’lovchilar aviakompaniyaning rasmiy dilerlaridan naqd pul to’lash yo’li bilan chiptalarni sotib olishganda, dilerlarning vijdonsiz xodimlari chiptalar uchun to’lovni o’g’irlangan bank kartochkalardagi mablag’lar orqali amalga oshirishgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bu kabi holatlarni izohlab, ushbu faktlar o’g’irlangan telefon sotib olish bilan bir xil ekanligini ma’lum qilishadi. Bu kabi holllarda qonundan bexabarlik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Bundan tashqari, uchib ketish bilan bog’liq rejalarning barbod bo’lishi, aslida o’zlari aybdor bo’lgan fuqarolarning g’azabiga ham sabab bo’ladi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki xodimlari fuqarolarga aviachiptani shaxsiy plastik karta orqali yoki ishonchli odamlarning bank kartalari orqali xarid qilishni, hamda shubhali vositachilar xizmatlaridan foydalanmaslikni tavsiya etishadi.

Social tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram kanal: https://t.me/letiuzchannel

Facebook: https://www.facebook.com/letiuzinfo

Instagram: https://www.instagram.com/leti.uz/

 

Метки: , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , ,