“Kuzatuvchisiz bola” xizmati

“Kuzatuvchisiz bola” xizmati


Новости, Пассажирамinfo • Опубликовано: 2 Ноя 2019 г.

“Kuzatuvchisiz bola” xizmati

Uzbekistan Airways aviakompaniyasida 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun “Kuzatuvchisiz bola” xizmati mavjud.

🔸Istisno – Oʻzbekiston Respublikasining 15 yoshgacha boʻlgan fuqarolari uchun ushbu xizmat respublikadan uchib ketishda koʻrsatilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarolari chet elga faqatgina kattalar hamrohligida uchib ketishlari mumkin. Vatanga qaytishda esa ular “kuzatuvchisiz bola” xizmatidan foydalanishlari mumkin.

🔸 Qolgan barcha holatlarda “kuzatuvchisiz bola” xizmatidan foydalanish uchun aviachipta xarid qila turib, dastlabki uchish bandida “kuzatuvchisiz bola tashuvi uchun soʻrov” shaklini rasmiylashtirishingiz zarur. Ushbu soʻrov shakli ota-onalar yoki vasiylar deklaratsiyasini, shuningdek bola hujjatlari uchun “UM” markirovkasiga ega boʻlgan identifikatsiya konvertini oʻz ichiga olgan.

🔸 Shuningdek hamrohlik xizmati uchun 20 Yevro (Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlangan taqdirda 100 ming soʻm) miqdoridagi standart toʻlov amalga oshiriladi. Ushbu holatda chipta xarid qilishda chegirmalar qo’llanilmaydi.

🔸 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar fuqaroliklaridan qatʼiy nazar, ikkala ota-onadan mustaqil parvoz uchun ishonchnomaga ega bo’lgan taqdirda kuzatuvchi bilan ham, kuzatuvchisiz ham parvozga chiqa oladilar.

🔸 Barcha davlatlarning 15 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmir fuqarolari uchun ota-onalar/vasiylar xohishiga koʻra “kuzatuvchisiz bola” xizmatini rasmiylashtirish mumkin.

Bizning havo yo’llarimizni tanlaganingiz uchun tashakkur!

Метки: , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , ,