Yo’lovchilar uchun ro’yxatdan o’tish va HKga chiqish bo’yicha ma’lumot

Yo’lovchilar uchun ro’yxatdan o’tish va HKga chiqish bo’yicha ma’lumot


Пассажирамadmin • Опубликовано: 23 Сен 2019 г.

Yo’lovchilar uchun ro’yxatdan o’tish va HKga chiqish bo’yicha ma’lumot

Hurmatli yo’lovchilar! Sizlarga aviakompaniyamiz qatnovlariga ro’yxatdan o’tish va chiqish vaqtinchalik tartibi haqida eslatib o’tmoqchimiz.

Yo’lovchilar va ularning yuklarini ro’yxatdan o’tkazish aeroportlarda havo kemalarining belgilangan yo’nalish bo’yicha uchishlaridan uch (3) soat oldin o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasi aeroportlaridagi va chet el aeroportlaridagi xalqaro qatnovlarga ro’yxatdan o’tish parvozdan 40 (qirq) daqiqa oldin tugaydi. Quyidagi shaharlar bundan mustasno: Deli, Kuala-Lumpur, Milan, Rim, Seul, Frankfurt-Mayn, Istambul, Tel-Aviv, Nyu-York, Shardja, Dubay, Bangkok, Pekin, Sankt-Peterburg. Ushbu aeroportlarda ro’yxatdan o’tish jadval bo’yicha uchishdan 1 (bir) soat oldin tugaydi.

Eslatib o’tamiz, samolyot bortiga chiqish uchishdan 1 (bir) soat oldin boshlanib, 20 (yigirma) daqiqa oldin tugaydi. Ushbu qoida barcha yo’lovchilarga nisbatan, ularning maqomlaridan qat’iy nazar qo’llaniladi.

Bizning yo’lovchilar jadvalda ko’rsatilgan vaqtda uchib, manzilga yetib borishni xohlaydilar. Shu munosabat bilan aviakompaniya tomonidan o’rnatilgan yuqoridagi qoidaga istisnosiz barcha yo’lovchilar rioya qilishlari uchun kerakli choralar ko’ramiz.

Yo’lovchi parvozga chiqish uchun o’z vaqtida kelmasa, aviakompaniya yo’lovchini qatnovdan chetlatib, uni va uning yukini parvozga chiqarmaslik huquqiga ega bo’ladi.

Uzbekistan Airways uchun belgilangan vaqtlarga rioya qilish – o’zni va yo’lovchilarni hurmat qilish demakdir.

Ro’yxatdan o’tish va qatnovga chiqish uchun belgilangan muddatda kelishlaringizni so’raymiz.

Метки: , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , , ,